Tilmoch AI loyihasiga $150 ming investitsiya kiritildi

Turkiy tillar bilan ishlash bo‘yicha startap $1,5 mlnga baholandi

Tilmoch AI loyihasiga $150 ming investitsiya kiritildi

Turkiy tillar uchun til texnologiyalarini ishlab chiqayotgan o‘zbek startapi Tilmoch AI kompaniyaning umumiy qiymati $1,5 mlnga baholangan holda $150 ming investitsiya jalb qildi. Bu haqda AloqaVentures ma’lum qilmoqda.

Moliyalashtirish raundida quyidagilar ishtirok etdi:

  • AloqaVentures – $60 ming;
  • Yoshlar Ventures – $50 ming;
  • IT Park Ventures – $40 ming.

Tilmoch AI – yetti tilda imlo va grammatikani tekshirish xizmatlarini taqdim etuvchi neyron tarjima platformasidir. Hozirda startap oyiga 130 mingdan ortiq va kuniga 16 ming faol foydalanuvchiga ega. Shuningdek, kompaniya 50 dan ortiq B2B mijozlariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Qisqa vaqt ichida startap allaqachon bir nechta yirik mukofotlarga sazovor bo‘ldi, jumladan, 2022-yilda mGovAwarddan $50 ming va 2023-yilda President TechAwarddan $100 ming oldi. Kompaniya turkiy tillar bozorlari uchun innovatsion yechimlar taqdim etish orqali global miqyosda raqobatbardosh platformaga aylanishni maqsad qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Isitish tariflarini ijtimoiy me’yordan oshgan maydon uchun 5 baravar qimmatlashtirish taklif qilindi
/
Isitish tariflarini ijtimoiy me’yordan oshgan maydon uchun 5 baravar qimmatlashtirish taklif qilindi
Markaziy bank omonatlar bo‘yicha 5% lik soliq joriy etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
/
Markaziy bank omonatlar bo‘yicha 5% lik soliq joriy etilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi