O‘zbekiston tijorat banklari 9 oyda 10,9 trln so‘m sof foyda ko‘rdi

Jami foydaning 72%i 10 ta yirik bank hissasiga to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston tijorat banklari 9 oyda 10,9 trln so‘m sof foyda ko‘rdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklari 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 10,9 trln so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,79 trln so‘mga (+34,5%) ko‘pdir.

Bankers.uz keltirgan operativ ma’lumotlarga asoslanib, har bir tijorat bankining sof foydasi tahlil qilindi.

Yetakchi banklar

Hisobot davrida to‘rtta tijorat banki — O‘zmilliybank (1,44 trln so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (1,38 trln so‘m), Hamkorbank (1,26 trln so‘m) va Kapitalbank (1,15 trln so‘m) — sof foydasini 1 trln so‘mdan oshirishga erishgan.

Shuningdek, eng yuqori foyda qayd etgan “o‘nlik”dan Orient Finans Bank (793,5 mlrd so‘m), Ipak Yo‘li Banki (752,5 mlrd so‘m), Trustbank (616,9 mlrd so‘m), KDB Bank Uzbekistan (493,2 mlrd so‘m), Davr Bank (465,1 mlrd so‘m) va o‘tgan yilda zarar ko‘rgan Biznesni rivojlantirish banki ham o‘rin oldi.

Ushbu 10 ta bank bank tizimidagi umumiy sof foydaning qariyb 72 foizini ta’minlagan.

O‘sish va pasayish tendensiyalari

Sof foyda O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Kapitalbank, Davrbank, Aloqabank, Anorbank hamda Orient Finans Bankda sezilarli oshgani kuzatildi.

Biroq ayrim banklarda pasayish qayd etilgan. Xususan, TBC Bank Uzbekistan (-244,1 mlrd so‘m), Ipoteka-bank (-86,8 mlrd so‘m), Ziraat Bank (-11,3 mlrd so‘m) va Turonbank (-13,1 mlrd so‘m) da sof foyda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan.

Zarar bilan yakunlagan banklar

Nisbatan yaqinda faoliyat boshlagan Yangi Bank (-95,4 mlrd so‘m) va Apex Bank (-52,2 mlrd so‘m) 9 oylik davrni moliyaviy zarar bilan yakunladi.

Shuningdek, o‘tgan yili 83,4 mlrd so‘m zarar ko‘rgan AVO Bank bu yil 9 oylikda sof foyda qayd etgani alohida ta’kidlash joiz.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi