O‘zbekiston-Koreya hamkorlikda Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini amalga oshiradi

Dastur xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni o‘z ichiga oladi

O‘zbekiston-Koreya hamkorlikda Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda uzoq muddatli Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. Dastur muhim xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hajmi $8 mlrddan oshgan. Mamlakatda Koreya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 4 ta filiali faoliyat yuritmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan hamkorlik qilinib, loyihalarning umumiy portfeli $3,5 mlrdga yetgan.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Koreya Prezidentini davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi
/
O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
/
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi
/
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi