Termiz–Hayraton chegarasida fuqarolar harakati tiklandi

Ikki davlat orasida xavfsiz yurish mumkin, ammo viza talabi saqlanib qoladi

Termiz–Hayraton chegarasida fuqarolar harakati tiklandi

O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lab turuvchi Termiz–Hayraton ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi, deb xabar bermoqda Savdo-sanoat palatasi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xavfsiz tarzda harakatlanish mumkin, ammo viza talabi o‘z kuchida qoladi.

Chegara hududida 2021-yilda fuqarolar harakati cheklangan.

Bu tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan edi: Ayritomdan 75 km masofada joylashgan (1 soatlik yo‘l) Mazzori Sharifga yetib borish uchun tadbirkorlar Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Davlat tadbirkorlarni Afg‘oniston bozoriga chiqishda quyidagi imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda:

  • Hayraton yoki Mazzori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 100% qoplab beriladi;
  • Mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari — to‘liq kompensatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi