31.1.2025 | 20:11
2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi
Natija 2023-yilga nisbatan 100,3% lik o‘sishni qayd etgan
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab umumiy foydalanishdagi magistral temir yo‘l transportida 73,9 million tonna asosiy turdagi yuklar jo‘natilgan. 2023-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 100,3% ni tashkil etgan. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qilmoqda.
So‘nggi yillarda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmining dinamikasi quyidagicha bo’lgan:
- 2020-yil — 70,6 mln tonna;
- 2021-yil — 72,0 mln tonna;
- 2022-yil — 73,4 mln tonna;
- 2023-yil — 73,7 mln tonna;
- 2024-yil — 73,9 mln tonna.
Yuk jo‘natish hajmining o‘sishiga olib keluvchi asosiy omillar:
- Temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;
- Logistika jarayonlarini optimallashtirish;
- Yuk jo‘natuvchilar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash;
- Xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish.
Transport vazirligi mamlakat iqtisodiyoti uchun samarali va ishonchli logistikani ta’minlagan holda temir yo‘l transportini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ