Endilikda O‘zbekistonga telefonlarni olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish lozim

Agar qurilma UZIMEI bazasida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, boj to‘lovi telefon qiymatining 30% ni tashkil qiladi

Endilikda O‘zbekistonga telefonlarni olib kirishda bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish lozim

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni IMEI ro‘yxatidan o‘tkazish uchun mamlakatga olib kirilayotganda majburiy bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak. Bu haqda bojxona qo’mitasi xabar berdi.

Fuqarolar IMEI saytidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bojxona ma’lumotlar bazasidan ma’lumot qidiriladi. Agar ma’lumotlar bazasida telefonning ma’lumotlari mavjud bo‘lmasa, mobil qurilma qiymatining 30% miqdorida bojxona boji to‘lanishi shart. 

Nizom yanvar oyida kuchga kirganiga qaramay, 2024-yil 20-dekabrdan boshlab qo‘llanila boshlangan.

Shuningdek, fuqarolar va chet el fuqarolari har safar chegaradan o‘tganlarida havo bandargohlari orqali ikkita uyali telefonni bojxona to‘lovisiz olib kirishlari mumkin. Bunda, ularning umumiy qiymati $2000dan oshmasligi lozim (poyezdda — $1000gacha, avtomobilda — $300gacha). Agar qurilmalarning qiymati belgilangan miqdordan oshib ketsa, limitdan ortiq summa uchun 30% miqdorida boj to‘lovi undiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi