Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi

Mutaxassis neobankdagi faoliyatini 11 oy o‘tib yakunladi

Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi

Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimidan ketdi. Bu haqda u LinkedIn’dagi sahifasida ma’lum qildi.

U o‘z chiqishida TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kuridiani, TBC Bank’ning xalqaro operatsiyalar bo‘yicha rahbari Oliver Hughes hamda bank boshqaruvi raisi Nukri Tetrashviliga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Qurbonovning ta’kidlashicha, ushbu davr unga raqamli moliyaviy platformalarni yaratish bo‘yicha yangi tajriba orttirish va bank sohasiga bo‘lgan yondashuvini qayta ko‘rib chiqish imkonini bergan.

U hozircha keyingi faoliyat joyi haqida ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uchun, Shuhratbek Qurbonov avval 2018-yil dekabrdan boshlab Humo to‘lov tizimi operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazini boshqargan. 2025-yil mart oyida u aksiyadorlar yig‘ilishida o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgan.

U TBC Uzbekistan jamoasiga 2025-yil may oyida qo‘shilib, tadbirkorlar uchun to‘lov xizmatlarini rivojlantirish bilan shug‘ullangan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi