O‘zbekiston tashqi savdosi $44 mlrddan oshdi

Shundan eksport hajmi $20,1 mlrd, import esa $24,3 mlrdni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdosi $44 mlrddan oshdi

2025-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $44,4 mlrdni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 19,9% ga ko‘p. Shundan eksport hajmi $20,1 mlrd bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 34,9% ga oshgan, import esa $24,3 mlrdni tashkil etib, 9,9% ga ko‘paydi.

Mamlakatning asosiy savdo hamkori Xitoy bo‘lib qolmoqda — umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 18,2% ni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya (16,1%) va Qozog‘iston (5,9%) qayd etilgan.

Yetti oyda O‘zbekiston $7,5 mlrdlik oltin eksport qildi. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich $4,1 mlrdni tashkil etgandi. 

Faqatgina 2025-yil iyul oyida oltin eksporti $1 mlrdga yetdi. O‘tgan yilning iyulida mamlakat xalqaro bozorda oltin sotmagan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi