“Tashabbusli budjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun 47 mlrd 657 mln so‘m mablag‘ ajratiladi

“Tashabbusli budjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47,6 mlrd so‘m ajratildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni “Tashabbusli budjet”ning 2025-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2,3 mingta loyiha g‘olib deb topildi. Tashabbuslari eng ko‘p g‘olib bo‘lgan hududlar uchligiga Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlari kirdi.

Avvalroq “Tashabbusli budjet” doirasida avtomobil yoki rahbarlar uchun mebel jihozlari sotib olish taqiqlangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi