Deputatlarga tashabbusli loyihalar uchun qariyb 500 mlrd so‘m ajratiladi

2026-yildan boshlab har bir deputat o‘z hududidagi loyihalarga 3,2 mlrd so‘mdan yo‘naltirishi mumkin

Deputatlarga tashabbusli loyihalar uchun qariyb 500 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab deputatlar o‘z saylov hududida “Open budjet” tizimida g‘olib bo‘lmagan, ammo aholi va hududlar rivojlanishi uchun muhim deb topilgan ikkitadan loyihani tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan har yili 494 mlrd so‘m ajratiladi.

Har bir deputat uchun 8 ming BHM (3,2 mlrd so‘m) miqdorida mablag‘ ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu har mavsumga bittadan loyihani amalga oshirish imkonini beradi. Parlamentarilar tomonidan tashabbuslarning tanlanishi, ularni davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.

Shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Open budjet” portalida ushbu toifadagi loyihalar ro‘yxati bilan alohida sahifa yaratiladi. Fuqarolar deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan barcha tashabbuslarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 11 nafar deputatdan iborat parlament komissiyasi tashkil etiladi. Mazkur komissiya jarayonni muvofiqlashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish vazifalarini bajaradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
/
Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
/
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi