5.12.2024 | 14:14
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari soni 68,336 mingtani tashkil etdi
Ularning 24 mingtasi savdo sohasini qamrab olgan
O‘zbekistonda yanvar-oktyabr oylarida tadbirkorlar tomonidan 68,336 mingta tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan. Bu haqida Statistika agentligi ma’lum qildi.
Ularning iqtisodiy faoliyat turi quyidagicha:
- Savdo sohasida — 24,480 ming;
- Sanoat sohasida — 11,828 ming;
- Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 8,325 ming;
- Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 5,700 ming;
- Qurilish sohasida — 3,3329 ming;
- Axborot va aloqa sohasida — 2,537 ming;
- Tashish va saqlash sohasida — 2,345 ming;
- Sog‘liqni saqlash sohasida — 1,318 ming;
- Boshqa sohalar — 8,474 ming.
Eslatma: statistikaga fermer va dehqon xo‘jaliklari kiritilmagan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ