Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorlar foydasiga 328 mln so‘m undirildi

Sud qarorlari ijrosi ta’minlanib, davlat idoralaridan ikki korxona hisobiga mablag‘lar qaytarildi

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorlar foydasiga 328 mln so‘m undirildi

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlarini ijro etish borasida Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Toshkent shahridagi “C.L.” MChJ qo‘shma korxonasi direktorining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligidan 206 mln so‘m mablag‘ni undirish bo‘yicha besh oy davomida bajarilmay kelgan murojaati nazoratga olindi. Natijada qisqa muddatda mablag‘lar tadbirkor hisobiga o‘tkazildi.

Shuningdek, “P.P.” MChJ tomonidan berilgan murojaat asosida ham Biznes-ombudsman xulosasi bilan vazirlikdan tadbirkor foydasiga 122 mln so‘m undirilib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi.

Qayd etilishicha, bunday tizimli ishlar tadbirkorlar huquqlarini amalda himoya qilish hamda davlat organlari mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi
/
Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi
O‘zbekiston kosmosni tadqiq etish bo‘yicha “Artemida” kelishuvlariga qo‘shildi
/
O‘zbekiston kosmosni tadqiq etish bo‘yicha “Artemida” kelishuvlariga qo‘shildi
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali bir yilda 56,6% ga oshdi
/
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali bir yilda 56,6% ga oshdi