Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan Registon maydonida bo‘ldi
AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi Samarqanddan boshlandi.
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Samarqanddagi Registon maydonida bo‘ldi.
Prezident adminstratsiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, jurnalistlar bilan muloqotda Rubio Samarqand ko‘p asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib kelganini ta’kidlagan.
Bugungi kunda esa Samarqand O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgan maskanga aylanmoqda.
U, shuningdek, AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga ilk tashrifi aynan Samarqanddan boshlangani ramziy ma’noga ega ekani qayd etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ