Marko Rubio Samarqandga 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi vakillari bilan keldi
Prezident administratsiyasi rahbari Marko Rubioning mamlakatga ilk tashrifidan mamnunligini bildirdi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasi
18-oktyabr kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio Samarqand shahriga keldi. Martabali mehmonni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda boshqa davlat rasmiylari kutib oldi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubioni koʻhna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi. Oldinda “C5+1” formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yigʻilishi kutmoqda. Oʻzbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio, deb yozdi Telegram kanalida Saida Mirziyoyeva.
Rejaga muvofiq, Amerika tashqi siyosati yetakchisi Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv oʻtkazadi. Oldinroq Marko Rubioning ilk manzili Samarqand boʻlishi xabar qilingandi. Shaharda u mintaqaning beshta davlati vakillari bilan uchrashadi. Shundan soʻng Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga yoʻl oladi.
AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Registon maydonida ma’lum qilishicha, Samarqandda milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Rubio Samarqandga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari bilan kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ