Samarqandda 310 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda

Ko‘prikning o‘tkazuvchanlik quvvati sutkasiga 25 mingtagacha avtomobilni tashkil etadi

Samarqandda 310 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda
Samarqand viloyatida Qoradaryo daryosi ustidan 310 mlrd so‘mlik ko‘prik qurilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘prikning uzunligi 780 metr, kengligi 29,8 metr, balandligi esa 12 metr bo‘ladi. Uning qatnov qismida to‘rtta harakatlanish yo‘lagi ko‘zda tutilgan. Inshoot sutkasiga 25 mingtagacha avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi ko‘prik qurilayotgan “Shirin” massivini Samarqand shahri va xalqaro aeroport bilan bog‘laydi. Qurilish yakunlangach, massivdan shahar markazigacha bo‘lgan masofa 23 kilometrdan 4 kilometrgacha qisqaradi, yo‘lda sarflanadigan vaqt esa 30 daqiqaga kamayadi.

Loyiha bilan tanishuv davomida prezidentga ko‘prik qurilishining texnik yechimlari va transport oqimini tartibga solish imkoniyatlari taqdim etildi.

Viloyat vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev infratuzilmani rivojlantirish va logistika tizimini to‘g‘ri tashkil etish aholi xarajatlari hamda yo‘lda sarflanadigan vaqtni kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan Registon maydonida bo‘ldi
/
Saida Mirziyoyeva Marko Rubio bilan Registon maydonida bo‘ldi
O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirildi
Marko Rubio Samarqandga 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi vakillari bilan keldi
/
Marko Rubio Samarqandga 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi vakillari bilan keldi