7.2.2025 | 15:45
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorga 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ni qaytardi
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” faoliyatida kamchilik aniqlangan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Raqobat qo‘mitasi “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ faoliyatida “SIRALISH MEVA” MCHJga nisbatan 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan asossiz qarzdorlik hisoblanganlik holati aniqladi. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq “SIRALISH MEVA” MCHJ “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ faoliyatidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaga murojaat qilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, tadbirkorlik sub’yektining murojaati ijobiy hal qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ