O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi

Shuningdek, litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun 300 BHM miqdorida jarima belgilandi

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni tabiiy gaz savdosi, shuningdek qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish faoliyatini litsenziyalashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat Lex.uz portalida e’lon qilindi.

Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabar berish tartib-qoidalari to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, mazkur choralar gaz va metall parchalari bozorlarida ochiq va raqobatbardosh muhitni shakllantirishga qaratilgan.

Yangi tartibga muvofiq, litsenziyalar quyidagi davlat organlari tomonidan beriladi:

  • Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi — qora va rangli metall parchalari hamda chiqindilarini tayyorlash (sotib olish), qayta ishlash va sotish faoliyati uchun;
  • “O‘zenergoinspeksiya” — tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi sohasida.

Ushbu faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun davlat boji miqdori 30 BHM etib belgilandi, bu 12,36 mln so‘mga teng.

Shuningdek, qonunda litsenziyasiz ravishda tabiiy gaz yoki metall parchalari savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun jarimalar joriy etildi. Har uchala holatda ham jarima miqdori 300 BHMni, ya’ni 123,6 mln so‘mni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi