O‘zbekistondagi sug’urta tashkilotlarining aktivlari salkam 11 trln so‘mni tashkil qildi

Amaldagi sug'urta shartnomalari soni – 10,1 mln donani tashkil etdi 

O‘zbekistondagi sug’urta tashkilotlarining aktivlari salkam 11 trln so‘mni tashkil qildi

Joriy yilning 10 oyi davomida sug’urta tashkilotlarining jami aktivlari 10,5 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi

Oktabr oyi natijalariga ko’ra, sug’urta tashkilotlarining umumiy ustav kapitali 2,5 trln so‘mgacha chiqqan. 

Shuningdek, amaldagi sug’urta shartnomalari soni – 10,1 mln dona bo’lib, xizmat uchun iste’molchilar 1,6 trln so‘mlik to’lovlarni amalga oshirgan. 

Sug’urta tashkilotlarga 99,3 ming dona da’vo arizalari kelib tushgan.

Bundan tashqari:

  • smukofotlarining umumiy hajmi – 7 trln so‘m;
  • investitsiyalar hajmi – 6,2 trln so‘m;
  • chet elga o‘tkazilgan qayta sug’urta majburiyatlari bo‘yicha sug’urta mukofotlari miqdori – 1,7 trln so‘m;
  • chet eldan olingan qayta sug’urta majburiyatlari bo‘yicha sug’urta mukofotlari miqdori – 967,8 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi