Sud tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiladi — Adliya vazirligi
1-dekabrgacha fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun hujjatlarni tahlil qiluvchi platforma ishga tushiriladi
Фото: Unsplash
O‘zbekistonda sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish haqidagi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Xususan, sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratiladi. Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etiladi.
Shuningdek, sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “Kiber huquq” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borilishi belgilanmoqda.
“Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:
- sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;
- murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;
- sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.
2025-yil 1-dekabrdan fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi.
2025-yil yakunigacha sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturi yaratiladi.
2026-yil 1-yanvardan “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish modulini joriy etish, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi yaratiladi, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlari avtomatik yetkaziladi.
2026-yil yakunigacha 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lgan yangi versiyasi ishlab chiqiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ