O‘zbekistonda soliqdan bo‘yin tovlash uchun jazolar kuchaytirildi

Tadbirkorlarga sud jarayonlarida jamoatchi himoyachilarni jalb qilish huquqi berildi

O‘zbekistonda soliqdan bo‘yin tovlash uchun jazolar kuchaytirildi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Hujjat Prezident tomonidan imzolandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Jinoyat kodeksida soliq va yig‘imlardan ataylab bo‘yin tovlash uchun javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda ma’muriy jazodan keyin ham katta miqdorda foydani yashirish yoki soliqlardan qochish holatlarida 100–150 BHM (41,5 mln so‘mdan 61,8 mln so‘mgacha) miqdorida jarima qo‘llanadi. Shuningdek, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari belgilangan. Avval ushbu turdagi huquqbuzarlik uchun maksimal jarima 15 BHM bilan cheklangan edi.

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksiga tadbirkorlarning jamoatchi himoyachisi tushunchasi kiritildi. Endi tadbirkorlik bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha tergov va sud jarayonlarida Savdo-sanoat palatasi yoki Biznes-ombudsman vakillari sudlanuvchining so‘roviga ko‘ra ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tergov davomida qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha sud qarori chiqqunga qadar penya hisoblanmaydi.

Mazkur o‘zgarishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi 12 100 so‘mdan pastga tushdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 100 so‘mdan pastga tushdi
O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi
/
O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Shinhan banki ish boshlaydi
Nogironligi bor bolalar parvarishi uchun tadbirkorlar barcha soliqdan ozod etiladi
/
Nogironligi bor bolalar parvarishi uchun tadbirkorlar barcha soliqdan ozod etiladi