O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi

Foyda solig‘i, QQS va yer soliqlari bo‘yicha tushumlar keskin ko‘paygan, umumiy hajm 63,6 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yil boshidan buyon foyda, yer soliqlari hamda QQS tushumlari keskin oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi chorakda soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24% ga ko‘p. Eng katta ulush foyda solig‘iga to‘g‘ri keldi — 20,4 trln so‘m, ko‘rsatkich 2025-yilning birinchi choragiga nisbatan 43% ga oshgan.

Keyingi o‘rinlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) — 12,5 trln so‘m (+27%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 10,7 trln so‘m (+15%) turibdi.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trln so‘mni tashkil etib, bir yilda 17% ga oshdi. Aksiz solig‘idan 4,6 trln so‘m (+1%), soliqsiz tushumlardan esa 3,3 trln so‘m (+1%) kelib tushgan.

Yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 2,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 34% ga oshdi. Mol-mulk solig‘i 2,3 trln so‘m (+11%), aylanmadan olinadigan soliq esa 0,6 trln so‘m (+12%) bo‘ldi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 0,4 trln so‘mga (+82%) yetdi.

Spot so‘roviga javoban Soliq qo‘mitasi soliq tushumlari hajmi va dinamikasi bo‘yicha taqdim etilgan statistikada oltin va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalarning jahon narxlari o‘sishi bilan bog‘liq daromadlar hisobga olinmaganini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda 175 mln so‘mdan oshgan operatsiyalar ustidan nazorat kuchaytiriladi