“Smart bank” Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qachon о‘tkazilishi ma’lum bо‘ldi

Yig‘ilishda qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bо‘lishi lozim

“Smart bank” Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qachon о‘tkazilishi ma’lum bо‘ldi

“Smart bank” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2024 yil 27 dekabrdagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025 yil 18 yanvar kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Botir Zokirov kо‘chasi, 2A-uy manzilida joylashgan binoda о‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ruyxatga olish soat 10:30 dan boshlanadi va soat 10:55 da tugatiladi. Umumiy yig‘ilish о‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri 2024 yil 27 dekabr holatiga va aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun 2025 yil 14 yanvar holatiga tuziladi.

Kun tartibi:

  1. Bankning sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  3. Bank ustav kapitali miqdorini belgilash.
  4. E’lon qilingan aksiyalarning eng kо‘p miqdorini belgilash.
  5. Bankning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash.
  6. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  7. Bankning affillangan shaxslar rо‘yxatini tasdiqlash.
  8. Bankning 2024 yil faoliyatini auditorlik tekshiruvini о‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va xizmat haqi miqdorining yuqori chegarasini belgilash hamda u bilan shartnoma tuzish tо‘g‘risida qaror qabul qilish.
  9. Bankning ichki meyoriy hujjatlari tо‘plamiga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish orqali yangi tahrirda tasdiqlash.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bо‘lishi lozim.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda kо‘rib chiqiladigan masalalar bо‘yicha axborotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Botir Zokirov kо‘chasi, 2A-uy manzilida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish о‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishish mumkin.

Elektron pochta manzili: office@smartbank.uz

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yil yakunlari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
/
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yil yakunlari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
/
Uzbekistan Business Awards: yuksak e’tirof ifodasi
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema
/
“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema