2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi

Shuningdek, Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazida $300 mlnlik 14 ta sanoat korxonasi yaratiladi

2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Qady etilishicha, sakkiz yilda Sirdaryoga $4 mlrd investitsiya kiritildi. Bu davrda 187 ta yirik quvvatlar ishga tushdi, 120 ming ish oʻrni yaratildi. 50 ga yaqin yangi mahsulot chiqarish yoʻlga qoʻyilib, sanoat 4 trlndan 25 trln soʻmga yetdi.

Minglab savdo-servis obyektlari tashkil qilingani natijasida xizmatlar hajmi 1,5 trlndan 12 trln soʻmga oshdi.

Oldin dotatsiyali boʻlgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari xarajatini oʻzi qoplashga oʻtdi.

Sirdaryo tumanida kelgusi yilda xitoylik hamkorlar bilan avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushadi.

Yaqinda Qozog‘iston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi. Ushbu markaz hududida $300 mlnlik 14 ta sanoat korxonasi kelasi yil 1-chorak yakunida ish boshlaydi, 2026-yilda yana $720 mlnlik 40 ta yangi loyihalar joylashtiriladi.

O‘tgan yili tomorqani ishga solish, kichik sanoat va servis orqali odamlarning daromadini oshirish bo‘yicha yangicha ishlash tizimi Sayxunoboddan boshlangan edi.

Tumandagi 13 ming xonadonda tomorqadan samarali foydalanish hisobiga oylik daromad bir necha barobarga ko‘paydi. Mahallalardagi 1,8 ming xonadonda 5-6 sotixli, yana 622 tasida 2-3 sotixli issiqxonalar qurildi. Bir yarim yilda 700 ta yangi tadbirkor ish boshladi, 15 ming ishsiz doimiy daromadga ega bo‘ldi, 1,5 ming oila kambag‘allikdan chiqdi.

Qilsa bo‘lar ekan! Mana, eng “og‘ir” tumanlardan biri bo‘lgan Sayxunobodda bugun hayot, odamlarning kayfiyati qanday o‘zgarganiga guvoh bo‘lyapsizlar,– dedi Prezident.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi