Sirdaryo va Afg‘oniston o‘rtasida $300 mlnlik eksport va import kelishuvlariga erishildi

Mazkur kelishuvlar oziq-ovqat mahsulotlari, un va don, tekstil, qurilish materiallari, kimyo hamda boshqa sanoat yo‘nalishlarini qamrab oladi

Sirdaryo va Afg‘oniston o‘rtasida $300 mlnlik eksport va import kelishuvlariga erishildi

Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” shiori ostida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o’z shaxsiy Telegram kanalida.

Tadbirda hokim Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov, Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy hamda Savdo va investitsiyalar palatasi rahbari Said Karim Hoshimiy ishtirok etdi.

Forum doirasida Sirdaryo va Afg‘oniston tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari, davlat va biznes vakillari ishtirokida esa G2B muloqotlari tashkil etildi. Muzokaralar yakunida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan eksport-import bitimlari imzolandi.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda savdo hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi. Tadbir ikki hudud o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va biznes hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi