O‘zbekistonda 2028-yilgacha servis kompaniyalarida ijtimoiy soliq 1% miqdorida qoldi

Shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trln so‘m miqdorida kredit ajratiladi

O‘zbekistonda 2028-yilgacha servis kompaniyalarida ijtimoiy soliq 1% miqdorida qoldi

Yangi qaror bilan Prezidentning 2022-yil 27-yanvardagi PQ–104-сон qarorida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 1% lik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

Avvalroq – 7-fevral kuni Prezident Mirziyoyev bu haqda selektorda ma’lum qilgan edi. Unda ta’kidlanishicha, bu imtiyoz servis korxonalarining kamida 3 mln so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llaniladi. Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Shuningdek, 2025-yilda xizmatlar sohasida xizmatlar hajmini 15% ga oshiriladi. 

Sohada 3 mln kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash va 52,2 mingta xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish ham asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilangan. 

Yil davomida ajratiladigan kredit miqdorlari quyidagicha:

  • xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trln so‘m;
  • xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik sub’yektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trln so‘m.

2025-yilda hududlarda infratuzilma rivojiga qaratilgan 652 ta drayver loyihalari uchun 1 trln so‘m ajratiladi. Ushbu loyihalar doirasida 72 ta sohil bo‘yi dam olish maskanlari, 62 ta zamonaviy istirohat bog‘lari, 154 ta tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi turizm va gastronomik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar, shuningdek, 364 ta yo‘l bo‘yi va boshqa servis obyektlari tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi
/
2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi