2025-yilning yanvar oyida sanoat korxonalari tomonidan 55,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan

Aholi jon boshiga ishlab chiqarish taqsimlanishi Navoiy viloyatida yuqorilikni qayd etgan

2025-yilning yanvar oyida sanoat korxonalari tomonidan 55,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan

Statiska agentligi ma’lum qilishicha, 2025-yilning yanvar oyida sanoat korxonalari 55,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat 104,3% ga yuqori.

O‘zbekistonda 56,3 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 10,8 mingtasi yoki 19,2% qismi Toshkent shahriga, 6,3 mingtasi (11,2%) Toshkent viloyatiga, 5,7 mingtasi (10,1%) Farg‘ona viloyatiga, 4,8 mingtasi (8,5%) Samarqand viloyatiga va 4,4 mingtasi (7,8%) Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi Navoiy viloyatida (11 985,9  ming  so‘m), Toshkent shahrida (3 306,0 ming so‘m) hamda Toshkent viloyatida (2 673,7  ming  so‘m) o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (1 499,8 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda. 

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib,  44,1 trln so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 79,1% ni tashkil etdi. 

2025-yilning yanvar oyida respublikada jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Toshkent shahri  (18,2 %), Navoiy viloyati (23,3 %), Toshkent viloyati (14,8 %), Andijon viloyati (6,0 %), Farg‘ona viloyati  (4,8 %) hamda Samarqand viloyati (4,6 %) hissasiga tog‘ri keldi. Shuningdek, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan yuqori FHI Namangan viloyati (110,8 %), Xorazm viloyatida (110,7 %), Navoiy viloyatida (110,3 %), shuningdek, Toshkent shahrida (110,2 %) kuzatilgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi