Raqobat qo‘mitasi ruxsatsiz reklama uchun mehmonxonani jarimaga tortdi

Kompaniya tegishli hujjatlarsiz onlayn bronlash platformalarida xizmatlarini reklama qilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi ruxsatsiz reklama uchun mehmonxonani jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarning onlayn bronlash tizimlarida joylashtirilgan ma’lumotlar o‘rganildi. Tekshiruv davomida iste’molchilarga noto‘g‘ri va chalg‘ituvchi axborot berilgan holatlar aniqlandi, deb xabar bermoqda qo’mita matbuot xizmati.

Xususan, Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan “UB Musteriois Asia” MCHJga tegishli mehmonxona tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan holda turli onlayn platformalarda o‘z xizmatlarini reklama qilgani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan holatlar asosida Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan korxonaga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi. Ish yakuniga ko‘ra, “UB Musteriois Asia” MCHJga moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida korxonaga majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi