Rossiyadan noqonuniy naqd pul olib chiqish hajmi rekord darajaga chiqdi

Eng ko‘p noqonuniy pul oqimi O‘zbekiston, BAA, Ozarbayjon, Xitoy va Turkiyaga yo‘naltirilgan

Rossiyadan noqonuniy naqd pul olib chiqish hajmi rekord darajaga chiqdi

“Izvestiya” nashrining xabariga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy naqd pul tashish holatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetgan. Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki olti oyida 6,3 mingdan ortiq shunday holat qayd etildi.

Eng ko‘p noqonuniy pul oqimi Turkiya, BAA, Ozarbayjon, Xitoy va O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Mablag‘lar, shuningdek, Serbiyadan ham noqonuniy ravishda olib kirilgan.

Bu ko‘rsatkich butun statistik kuzatuv davridagi eng yuqori natija bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida 5,4 mingta holat qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqam 15,8% ga oshgan.

Yanvar–iyun oylarida FBX 6,2 mingta ma’muriy huquqbuzarlik va 37 ta jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ularning katta qismi (5,1 mingta) xorijga valyuta olib chiqishga oid bo‘lsa, 1189 ta holat mamlakatga noqonuniy pul olib kirish bilan bog‘liq bo‘lib, 31% ga oshgan.

Umumiy hisobda noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tilgan mablag‘ 1,2 mlrd rublni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 30% ga ko‘paygan. Pulning katta qismi xorijga chiqarilgan bo‘lib, 784,1 mln rublni tashkil etgan. Bojxona xizmati asosan dollar va yevroning noqonuniy aylanmasini aniqlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda