Raqamli markirovka va sog‘liqni saqlash: soxta mahsulotlardan himoyalanish qanday qilib hayotni saqlab qoladi​

Soxta tovarlar va qalbakilashtirishga qarshi kurash farmatsevtika kabi ijtimoiy ahamiyatga ega va sezgir sanoat uchun dolzarb vazifadir

Raqamli markirovka va sog‘liqni saqlash: soxta mahsulotlardan himoyalanish qanday qilib hayotni saqlab qoladi​

“Shifokor, men barcha dori-darmonlarni ichyapman, lekin yaxshi bo‘lmayapman” — bunday savolni ko‘pincha bemorlar mamlakatimizdagi davlat muassasalari va xususiy klinikalarda qabul paytida davolovchi shifokorga berishadi. Dori ta’sirqilmasligining sababi nima? Muayyan kasallikni davolash uchun bemor qo‘llaydigan dori vositalarining samarasizligi turli omillarga bog‘liq. Va eng asosiylaridan birinoqonuniy ishlab chiqarilishi va olib kirilishi butun dunyoda haqiqiy ofatga aylangan qalbaki dori vositalarini qabul qilishdir.

Kontrafakt va soxta mahsulotlarga qarshi kurashish farmatsevtika kabi ijtimoiy ahamiyatga ega va sezgir soha uchun dolzarb vazifadir. Bu sohada noqonuniy dori vositalari foizi yuqori. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, jahon farmatsevtika bozorining taxminan 15 foizini qalbakilashtirilgan dori vositalari tashkil etadi. Antibiotiklar, og‘riq qoldiruvchi, antigistamin preparatlar, shuningdek, hayot uchun xavfli holatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan preparatlar qalbakilashtiriladi. Hech bir dori turi qalbakilashtirishdan sug‘urtalanmagan.

Ish algoritmi va vazifalar

Hukumatning “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori doirasida kontrafakt dori vositalarining mamlakatga olib kirilishiga qarshi kurashish va ularning kelgusida sotilishiga chek qo‘yish maqsadida 2022-yil sentyabr oyidan boshlab dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilaboshlandi.

Raqamli markirovkalashdori vositasini identifikatsiya qilish, uni ishlab chiqarish bosqichidan muomaladan chiqarishgacha, ya’ni dorixonalarda sotishgacha bo‘lgan harakatini onlayn rejimda kuzatish va iste’molchiga aslligini kafolatlash imkonini beruvchi noyob ikki o‘lchovli Data Matrix kodini mahsulot qadog‘iga qo’llash jarayoni. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda bunday mahsulotning aslligini Asl Belgisi (Android/iOS) bepul mobil ilovasi yordamida tekshirish mumkin.

Raqamli markirovka tizimining ustuvor vazifalari orasida dori vositalarining qalbakilashtirilishi va kontrabandasiga qarshi kurashish, bozorni raqamlashtirish, dori vositalarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni monitoring qilish, shuningdek, dorixona tarmog‘ida dori vositalari aylanmasida ma’lumotlarni fiskallashtirish kabilar bor.

Kontrafakt dori vositalari nimasi bilan xavfli?

Qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan yoki noqonuniy olib kirilgan mahsulotlar juda katta xavf tug‘diradi: “kulrangishlab chiqaruvchilar ta’sir qiluvchi moddalarning dozasi, saqlashning harorat rejimi va boshqa standartlar haqida qayg‘urmaydilar. Qalbaki dorilar zararli va hatto zaharli ingrediyentlar aralashmasi bo‘lib, davolash xususiyatiga ega bo‘lmasligi yoki tarkibida yetarli miqdorda ta’sir etuvchi modda bo‘lmasligi mumkin.

Qalbaki yoki sifatsiz dorilarning xavfi yaqqol ko‘rinib turibdi: bemorlar soxta dorilarni qabul qilgandan keyin sog‘ayishni kutib, vaqt yo‘qotadilar. Ba’zi hollarda, soxta dorilarbor-yo‘g‘ihech narsa qilmaydi. Boshqa hollarda esa ular haqiqatan ham zararli bo‘lib, bemorning ahvoliga yanada ziyon yetkazadi. Ko‘pincha shu darajada yomon ta’sir qiladiki, haqiqiy tibbiy yordamni olgunga qadar hayotni saqlab qolishning iloji bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda Hindistonning “Dok-1 Makssiropibilan bog‘liq fojiali voqea barchaga ma’lum, uni qabul qilgan 68 nafar bola vafot etgan. Aynan raqamli markirovka bunday dorilarning bozorga kirishiga to‘sqinlik qiladi va noqonuniy sotishga urinish bo‘lgan taqdirda, ularning sotuvini darhol to‘xtatish uchun ishonchli to‘siq bo‘ladi.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari muntazam tavishda milliardlab so‘mlik o‘n minglab shubhali dori vositalari qadoqlarini aniqlaydi, “Ferrozal”, “Ampisulbaktam”, “Ampisul”, “Zardeks”, “Regapen”, “Tropikamid”, “Omnadren”, “Benzonal” va boshqadori vositalarini yashirin sotayotgan vijdonsiz fuqarolarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazadi (feyk dori vositalarini musodara qilish va beparvo sotuvchilarni qo‘lga olish holatlari haqida batafsil ma’lumotni Asl Belgisi Telegram-kanalining haftalik dayjestida bilib olishingiz mumkin).

Markirovkani o‘z vaqtida joriy etish

Raqamli markirovka tizimining asosiy maqsadi fuqarolarni xavfsiz va sifatli dori vositalari bilan ta’minlashdir. Shaffof nazorat kontrafakt dori vositalarining muomalaga kiritilishiga to‘sqinlik qiladiva sog‘liqni saqlash tizimiga dorixona muassasalarining dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini nazorat qilish uchun sharoit yaratadi.

Tibbiy preparatlarini raqamli markirovkalash dorixonalarda dori vositalari taqchilligi muammosini hal qilish imkonini beradi, chunki bu dori vositalari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish tizimini yaxshilashga yordam beradi. Markirovka tizimi ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati vajoylashuvi kabi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali boshqarishga yordam beradi, bu esa yetkazib berish vaqtini qisqartirish, ortiqchalik yoki yetishmovchilikning oldini olishimkonini beradi.

Kim yutadi?

Raqamli markirovka tizimini joriy etishdan asosiy foyda oluvchi iste’molchi hisoblanadi, chunki tovarlarni markirovkalash birinchi navbatda hayot va sog‘liqni saqlashga qaratilgan. Agar xaridor tovarhaqida har qanday qiziqarli ma’lumotni bemalol olish mumkinligini bilsa, unda dorixonalarda sotilayotgan mahsulotning aslligiga hech qanday shubha qolmaydi.

Raqamli markirovka, shuningdek, jamoatchilik nazorati va iste’molchilar huquqlarini kontrafakt yoki muddati o‘tgan mahsulotlardan himoya qilish vositasidir. Mahsulotlarni markirovkalash xarid qilinayotgan tovarning qonuniy, sifatli va xavfsiz ekanligining kafolatidir.

Markirovkani joriy etish biznesga, birinchi navbatda, mahsulotning logistika zanjiri bo‘ylab harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kirishni ta’minlash imkonini beradi. Bu u yoki bu tovarga bo‘lgan talabning pasayishi yoki o‘sishiga yanada to‘g‘ri javob berish va shu bilan jarayonlarni optimallashtirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. “Oqbiznesning nufuzi va raqobatbardoshligini oshirishham muhim omil hisoblanadi.

O‘zbekistonda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalashyashiriniqtisodiyotga qarshi kurashish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturning bir qismidir. Qadoqdagi noyob kod tovarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan harakatini kuzatish imkonini beradi, bu esa qalbakilashtirish xavfini kamaytiradi va mahsulot xavfsizligini ta’minlaydi.

Eslatma: O‘zbekistonda 2021-yildan buyon dorivositalarini raqamli markirovkalash tizimi rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda majburiy raqamli markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga oltita tovar guruhi kiritilgan: alkogol va pivo mahsulotlari, tamaki, dori vositalari, maishiy texnika, suv va shirin ichimliklar. 2025-yil mart oyidan boshlab BFQlarni ixtiyoriy ravishda markirovkalash loyihasi boshlandi. Kelgusida mahsulotlar ro‘yxati kengaytiriladi.

2025-yil mart oyi holatiga ko‘ra, “Asl Belgisi”raqamli markirovka tizimida 8 168 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 68 tasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, 662 tasi xorijiy ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, 881 ta import qiluvchi va ulgurji sotuvchilar, 6 557 ta chakana savdo subyektlari. Bundan tashqari, 12 mingdan ortiq nomdagi dori vositalari Markirovkalangan mahsulotlar reestriga kiritildi. Joriy yil boshidan buyon 11 mingdan ortiq dori vositalari muomaladan chiqarilgan (taqqoslash uchun: 2024-yilda fiskalcheklar bo‘yicha dori vositalarini sotish hajmi 22 mingdan ortiq dori vositalarini tashkil etgan).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi