Turkiya kompaniyasi Quvasoyda $25 mlnlik kabellar zavodini ochishni rejalashtirmoqda

Loyihaga dastlabki bosqichda $5 mln yo‘naltirilib, past kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqariladi

Turkiya kompaniyasi Quvasoyda $25 mlnlik kabellar zavodini ochishni rejalashtirmoqda

Turkiyaning “KYM Kablo” kompaniyasi Quvasoy shahrida elektr kabellari zavodini ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Farg‘ona viloyati hokimligi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekistonga kelgan kompaniya delegatsiyasi bilan loyihani muhokama qildi.

Guruh tarkibiga kiritilgan Quvasoy shahrida tug‘ilgan Hasan Memeto‘g‘lining ta’kidlashicha, tashrifdan maqsad mintaqaga turk sarmoyasini jalb qilishga ko‘maklashishdir.

Qayd etilishicha, loyiha qiymati $25 mln bo‘lib, dastlabki bosqichda $5 mln yo‘naltirilib, past kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqariladi, keyingi bosqichda o‘rta kuchlanishli kabellar ishlab chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj to‘la qoplanib, mahsulotlar eksportga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Kompaniya elektr kabellariga bo‘lgan ichki talabni to‘liq qondirish, shuningdek, ularni eksport qilishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Bozorov tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi va mas’ullarga investorlar bilan birgalikda uning jadal amalga oshirilishini ta’minlashni topshirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi