Qurilish sohasidagi muhokamalarga vazirlik munosabat bildirdi

Vazirlik noqonuniy qurilishlar bo‘yicha xatlov, xavfsizlik tekshiruvlari va ruxsat tizimini to‘liq raqamlashtirishni davom ettiradi

Qurilish sohasidagi muhokamalarga vazirlik munosabat bildirdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida bildirgan fikrlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Vazirlik ushbu munozaralar yuzasidan izoh berar ekan, ko‘tarilgan masalalar so‘nggi yillarda aniqlangan va yillar davomida to‘planib qolgan tizimli muammolar ekanini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, vazir o‘z nutqida gap ketayotgan qurilish obyektlari 2018–2019 yillardan buyon barpo etilganini alohida urg‘ulagan. Bugun ochiq aytilayotgan raqamlar va faktlar kimlargadir ayb yuklash maqsadini ko‘zlamaydi. Aksincha, sohada yig‘ilib qolgan kamchiliklarni yashirmasdan tan olish va ularni izchil isloh qilishga qaratilgan.

Qurilish sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar hozirda ochiq muhokama qilinayotgan va tizimli ravishda bartaraf etilayotgan muammolar sifatida ko‘rilmoqda.

Hozirgi vaqtda:

  • noqonuniy qurilishlar qayta xatlovdan o‘tkazilmoqda;
  • obyektlarning xavfsizlik va texnik holati qayta baholanmoqda;
  • ruxsat berish va nazorat tizimi tubdan raqamlashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va bunday holatlarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shu bilan birga, vazirlik mazkur masala yuzasidan ochiq muloqotga tayyor ekanini va bildirilayotgan savollarga izoh berishda shaffoflikni saqlashini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi