O‘zbekiston Qozog‘iston va Xitoy bilan muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi

Xususan, Toshkentdan Olmaota va Ostonaga qatnovlar haftasiga 60 tagacha yetkaziladi

O‘zbekiston Qozog‘iston va Xitoy bilan muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo — Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Ishchi guruhining uchinchi anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Qozog‘iston va Xitoy bilan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi ko‘rildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunlariga ko‘ra:

  • Qozog‘iston yo‘nalishida: Toshkent — Olmaota va Toshkent — Ostona yo‘nalishlarining har birida muntazam parvozlar soni haftasiga 42 tadan 60 tagacha oshiriladi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda esa parvozlar soni haftasiga 14 tadan 20 taga yetkaziladi.
  • Xitoy yo‘nalishida: Ikki mamlakat o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagacha oshirish huquqi berildi va tegishli hujjatlar imzolandi.

Vazirlik ta’kidlashicha, ushbu kelishuvlar mamlakatning xalqaro aviatsiya bozoridagi mavqeini mustahkamlash, transport-logistika bog‘liqligini oshirish hamda turistik va savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Anjumanda O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish, havo transporti bozorini liberallashtirish, parvozlar xavfsizligini ta’minlash hamda sohaga “yashil” va “aqlli” texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ishchi guruhning navbatdagi to‘rtinchi yig‘ilishi 2027-yilda Qirg‘izistonda o‘tkazilishi belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi korxonalariga IT Park imtiyozlari beriladi
/
Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi korxonalariga IT Park imtiyozlari beriladi
“Toshkent” fond birjasi UCI indeksini uchta yangi UPI indeksiga almashtiradi
/
“Toshkent” fond birjasi UCI indeksini uchta yangi UPI indeksiga almashtiradi
Davlat aktivlari agentligining binosi 251,6 mlrd so‘mga sotildi
/
Davlat aktivlari agentligining binosi 251,6 mlrd so‘mga sotildi