Qozog‘iston olti oy muddatga mamlakatda kartoshka eksportini chekladi
Ushbu chora eksport hajmlarining o'sishi va, ayniqsa, O'zbekiston tomonidan talab yuqori bo'lganligi sababli joriy etildi
Фото: ua.depositphotos.com
Qozog‘istonda kartoshka narxi keskin oshishi ortidan hukumat ayrim choralarni ko‘rmoqda. Xususan, Qozog‘iston hukumati uchinchi davlatlarga kartoshka eksportini olti oy muddatga cheklash qarorini qabul qildi. Bu haqda Tengrinews.kz ma’lum qilmoqda.
Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan kartoshkaga bo‘lgan talab oshgani va eksport narxlarining yuqoriligi sabab eksport hajmi 1,5 barobarga ko‘payib, 411 ming tonnadan 605 ming tonnagacha yetgan. Ushbu talabning oshishi ichki bozordagi narxlar ko‘tarilishiga olib kelgan, bu esa kartoshka ishlab chiqaruvchilarda narxlarning keskin oshishiga (170 dan 270 tengegacha) sabab bo‘lgan.
Narxlarni barqarorlashtirish maqsadida, 18-yanvar kuni o‘tkazilgan majlisda kartoshka eksportini uchinchi davlatlarga cheklash qarori qabul qilindi. Ushbu cheklov Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqidavlatlariga taalluqli emas, ammo eksport jarayoni nazorat ostida bo‘ladi.
Shuningdek, 16-yanvardan boshlab eksport uchun fitosanitariya sertifikatlarini berish vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ