1 apreldan boshlab Qo’qon aeroporti yana reyslarni qabul qila boshlaydi

Havo porti 23 yil davomida fuqarolik samolyotlari uchun yopiq edi

1 apreldan boshlab Qo’qon aeroporti yana reyslarni qabul qila boshlaydi

20 mart kuni ertalab «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Qo’qon aeroportida A-320 NEO samolyotidan foydalangan holda birinchi texnik parvozini amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aerodrom va terminalning tayyorligini tekshirgan muvaffaqiyatli texnik parvozdan so’ng aeroport samolyotlar va yo’lovchilarni qabul qilishga tayyor. 1 apreldan Toshkent — Qo’qon yo’nalishida to’g’ridan-to’g’ri reyslarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Mintaqaviy aeroport rekonstruksiya qilindi, uning doirasida uchish-qo’nish yo’li uzunligi 2 ming metrgacha ko’paytirildi, A-320 va ATR-72-600 samolyotlari uchun ikkita to’xtash joyi tashkil etildi, shuningdek, 100 kishiga 900 kvadrat metr maydondagi yangi yo’lovchi terminali qurildi.

2001 yilda aeroport fuqarolik samolyotlarini qabul qilishni to’xtatgan edi va O’zbekiston harbiy-havo kuchlari tomonidan foydalanishga topshirilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro savdo hajmi $2 mlrdga yetkaziladi
/
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning o‘zaro savdo hajmi $2 mlrdga yetkaziladi
O‘zbekistonda iyun oyida elektromobillar savdosi 63% ga oshdi
/
O‘zbekistonda iyun oyida elektromobillar savdosi 63% ga oshdi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi