Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi

6,8 mlrd so‘mlik bodikameralarni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma bekor qilindi, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridini amalga oshirish jarayonida qonun hujjatlari talablari buzilgani aniqlangan.

“Uzbekistan Airports” AJ buyurtmachiligida “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatini ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Tekshiruv davomida g‘olibni aniqlashda jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Xususan, ishtirokchilarning takliflari to‘liq va xolisona baholanmagan, tanlovda esa o‘zaro affillangan kompaniyalar qatnashgan. Shuningdek, baholash jarayonida bir qator xatolarga yo‘l qo‘yilgan.

Agentlik taqdimnomasiga asosan komissiya tomonidan g‘olibni tanlash haqidagi bayonnomalar haqiqiy emas deb topildi. Bu noqonuniy xaridning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymadi.

Yig‘ilgan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi