Qishloq xo‘jaligida dron xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi

Agroportal qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun “yagona nuqta” sifatida xizmat qiladi

Qishloq xo‘jaligida dron xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 4 mln gektardan ortiq yer maydonlarida ekinlarni ekish va sug‘orish jarayonlarini raqamlashtiriladi. Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi.

Bu sohada joriy etilgan 30 tadan ortiq axborot tizimlarini “yagona nuqta”ga birlashtirish orqali foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi va ishonchliligini ta’minlash.

2026-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ekish rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasiga (Agroportal) mustaqil joylashtirib boradi.

Agroportal qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etiladi.

Qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga robototexnika, dron va boshqa qurilmalar yordamida xizmatlar ko‘rsatiladi.

Dron xizmatlaridan foydalanish uchun Agroportal orqali ariza berish, shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Agroportal orqali uchish balandligi 30 metrgacha bo‘lgan dronlar yordamida ko‘rsatiladigan xizmatlar vakolatli idoralar bilan kelishilgan hududlarda ularning yillik ruxsatnomalari asosida taqdim etiladi.

Shuningdek, Agroportalda quyidagi xizmat turlari joriy qilinadi:

  • 2025-yil 1-dekabrdan ikkilamchi ijaraga beriladigan yerlarni belgilash, ijara shartnomasini tuzish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish;
  • 2026-yil 1-martdan qishloq xo‘jaligi yerlari toifasini o‘zgartirish yuzasidan arizalar berish, ularning holatini onlayn kuzatib borish va natijalarini taqdim etish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi