O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
Xususan, aprel oyidan boshkab ro‘yxat yana 14 taga kengaytirildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan va qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod etilgan agrar mahsulotlar ro‘yxati kengaytirildi. Tegishli hujjat Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi.
Yangilangan reyestr hozirda 518 ta pozitsiyani o‘z ichiga oladi. Unga sabzavotlar, mevalar, rezavorlar, go‘sht va sut mahsulotlari kiradi. Joriy yil O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
Yangilangan normativ hujjatga quyidagilar kiritildi:
— tirik baliq;
— yirik va mayda shoxli qoramol;
— otlar, cho‘chqalar, tuyalar va eshaklar;
— asalari paketlari va ipak qurti;
— ko‘chatlar hamda ferula (kovrak) smolasi.
Dastlabki hujjat 2025-yil oxirida tegishli idoralar tomonidan kelishilgan edi. O‘shanda QQS imtiyozlari quyidagi mahsulotlarga tatbiq etilgan:
— meva-rezavor ekinlar (olma, nok, sitrus mevalar, uzum);
— sabzavot va ko‘katlar, jumladan quritilgan mahsulotlar;
— kartoshka, dukkakli va bug‘doydan tashqari don ekinlari;
— tarvuz, qovun, qovoq va barcha turdagi ziravorlar;
— yangi va muzlatilgan go‘sht;
— parranda tuxumlari;
— baliq va dengiz mahsulotlari;
— sut, sut mahsulotlari hamda gul va daraxtlar uchun ekish materiallari.
Amaldagi reyestrga o‘zgartirishlar viloyat hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va ushbu mahsulotlarni yetishtiruvchi tadbirkorlarning tashabbuslari asosida kiritilishi mumkin.
Avvalroq, O‘zbekistonda naslli chorva mollarini import qiluvchilar 2029-yilgacha QQSdan ozod etilishi haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ