Gaz iste’molining qishki limiti barcha hududlarda 15-martgacha uzaytirildi

Qaror mamlakatga sovuq havo massasi kirib kelishi kutilyotgani yuzasidan qabul qilindi

Gaz iste’molining qishki limiti barcha hududlarda 15-martgacha uzaytirildi

Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor Respublikamizning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga ko‘ra, sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi, — deyiladi xabarda.

15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Gaz iste’molining oshirilgan bazaviy me’yori noyabrdan fevralgacha amal qiladi, 1-martdan esa u yana 100 kub metrgacha kamayadi. 2025-yilda ushbu me’yor barcha hududlar uchun 1-aprelgacha uzaytirilgan edi.

Ehtiyojmand oilalarga har oy elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiyalar to‘lab boriladi.

Avvalroq bazaviy me’yor faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm uchun 15-martgacha uzaytirilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
/
Plantatsiya va chorvachilik loyihalari uchun 500 gektargacha yer ajratilib, imtiyozli kredit beriladi
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
/
Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan loyihasi bo‘yicha qonunni birinchi o‘qishda ma’qulladi
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi
/
O‘zbekistonda telekommunikatsiya bozori 2025-yilda 18,3% ga o‘sdi