Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Xususan, Toshkent – Buxoro yo‘nalishida Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi

Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning transport qatnoviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 26-dekabrdan 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha samolyot va poyezd qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida 26–31 dekabr kunlari hamda 4-yanvar kuni Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovi tashkil etiladi.

Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 26–31 dekabr kunlari Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.

Toshkent – Xiva – Toshkent yo‘nalishida 12-yanvarga qadar 12 ta qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent – Xiva – Toshkent, Toshkent – Shovot – Toshkent, Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent, Toshkent – Termiz – Toshkent va Toshkent – Buxoro – Toshkent (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 12 yanvarga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon qo‘shiladi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 28-dekabrdan 11-yanvarga qadar qator mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni bajaradi.

Qo‘shimcha parvozlar Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga amalga oshiriladi.

Jumladan, Toshkent – Nukus – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9, 10-11 yanvar kunlari; Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9-11 yanvar kunlari; Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida 28-31 dekabr va 3-4, 9-11 yanvar kunlari; Namangan – Toshkent – Namangan yo‘nalishida 9-yanvar kuni; Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida 30-dekabr va 10-yanvar kunlari.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi