O‘zbekiston “Al Mirqab Capital” va “Blackrock” kompaniyalari bilan 8 ta loyihani amalga oshiradi

Qo‘shma ishchi guruh bir oyda loyihalarni amalga oshirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va shartlarini ishlab chiqadi

O‘zbekiston “Al Mirqab Capital” va “Blackrock” kompaniyalari bilan 8 ta loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-iyun kuni “Al Mirqab Capital” kompaniyasi boshqaruv raisi Hamad bin Jassim Al-Taniy va “Blackrock” investitsiya kompaniyasi yetakchi boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Ustuvor yo‘nalishlar sifatida davlat-xususiy sheriklikning yirik infratuzilma va sanoat loyihalari, jumladan, gaz va elektr tarmoqlarini, suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish va saqlash quvvatlarini, tezyurar temir yo‘llarni qurish, ko‘chmas mulk obyektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish belgilandi.

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ravishda ilgari surish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston transport, energetika, infratuzilma va turizm sohalarini qamrab olgan sakkizta yirik investitsiya loyihasidan iborat “Al Mirqab Capital” va “Blackrock” portfelini taqdim etganini aytdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzildi, u bir oy muddatda loyihalarni amalga oshirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va shartlarini ishlab chiqadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi
/
2026-yilning ilk choragida mamlakatdagi pul tushumlari hajmi 316 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda mart oyida so‘m depozitlari stavkasi 18,1% gacha tushdi
/
O‘zbekistonda mart oyida so‘m depozitlari stavkasi 18,1% gacha tushdi