Qirg‘izistonda ayirboshlash shoxobchalari mijozlarning pul manbasini tekshira boshlaydi

Yangi talablar chet elliklar uchun ham amal qiladi va 14-yanvardan kuchga kiradi

Qirg‘izistonda ayirboshlash shoxobchalari mijozlarning pul manbasini tekshira boshlaydi

Qirg‘izistonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari uchun yangi talablar joriy etiladi. Endilikda ayirboshlash punktlari mijozlardan, jumladan, chet elliklardan ham mablag‘larning kelib chiqishini tekshirishi shart bo‘ladi.

Qirg‘iziston Milliy banki ayirboshlash byurolari faoliyatiga doir yangilangan qoidalarni tasdiqladi. Unga ko‘ra, ayirboshlash shoxobchalari mijozlarni va ularning hujjatlarini tekshirishi, zarurat tug‘ilganda pul mablag‘larining manbasini aniqlashtirishi lozim. Shuningdek, yirik yoki noodatiy operatsiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Yangi tartibga binoan, shubhali bitimlar vaqtincha to‘xtatiladi va ular haqida Markaziy bank xabardor qilinadi. Bundan tashqari, barcha valyuta ayirboshlash operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar kamida besh yil davomida saqlanishi kerak bo‘ladi.

Regulyator ushbu choralarni noqonuniy daromadlarni legallashtirish va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bilan izohladi. Yangi qoidalar 14-yanvardan kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi