Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi

Uning fikricha, yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak

Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kungi videoselektor yig‘ilishida yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi mavjud vaziyatni tanqid ostiga oldi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trln so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75−80% i ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.

Davlat rahbari, shuningdek, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekanini qayd etdi. U aholining yana bir e’tirozi — yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi ekanini qayd etarkan, ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerak.

Shu bilan birga, chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
/
O‘zbekistonda banklar birinchi chorakda 5,5 trln so‘mdan ortiq foyda oldi
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda pay investitsiya fondlarining yagona reyestri ishga tushiriladi
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi
/
Sanitariya-epidemiologiya xizmati Wendy’sda sanitariya qoidalari buzilgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi