Poytaxt Parking bozorida ustun mavqega ega kompaniya deb topildi

Kompaniyaga narxlarni asossiz oshirish, shartlarni majburan yuklash va raqobatni cheklash taqiqlandi

Poytaxt Parking bozorida ustun mavqega ega kompaniya deb topildi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Streetpark Systems (Poytaxt Parking) kompaniyasini ustun muzokara kuchiga ega tashkilot sifatida e’tirof etdi. Bu haqda idoraning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 22-dekabridan boshlab umumiy foydalanishdagi yo‘llarda pullik avtoturargohlar xizmatini ko‘rsatuvchi Poytaxt Parking brendi operatoriga maxsus huquqiy maqom berildi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan kompaniyalarga bozordagi raqobatni cheklovchi yoki mijozlar hamda boshqa tadbirkorlar manfaatlariga putur yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Xususan, tashkilotga narxlarni oshirish maqsadida sun’iy tanqislik yaratish, xizmat ko‘rsatishda kamsituvchi shartlar belgilash man etiladi. Shuningdek, shartnoma predmetiga aloqador bo‘lmagan majburiyatlarni yuklash yoki bozorda boshqa ishtirokchilarning faoliyat boshlashiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, kompaniya davlat tomonidan belgilangan tariflardan yuqori to‘lov undira olmaydi hamda bepul ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlar uchun haq talab qilishi mumkin emas.

Avvalroq Kapital.uz Toshkentda pullik avtoturargohlar yaqinida yashovchilar uchun tungi bepul to‘xtash joylari joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi