“Poytaxt bank” boshqaruviga yangi rahbar tayinlandi
Kompaniyaning yangi direktori Dilshod Po‘latov bunga qadar “Octobank”da rais o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan
Foto: Dilshod Pulatov / LinkedIn
“Poytaxt bank”ga yangi rahbari tayinlandi. Yagona korporativ ma’lumotlar portalida keltirilishicha, 8-sentabr kuni “Bond Investment Limited” yagona aksiyadori qaroriga binoan Dilshod Akmalovich Po‘latov bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
Uning nomzodi Markaziy bank bilan kelishilgach, uch yillik mehnat shartnomasi imzolanadi.
Avvalroq bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Abror Turg‘unov rais o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi. U avgust oxirida mazkur lavozimda Do‘stboy Abjalovni almashtirgandi.
Dilshod Po‘latov 2013-yildan buyon “Octobank”da boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan. U Toshkent moliya institutini “Moliya va kredit” hamda “Bank ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan. Po‘latovning bank tizimidagi umumiy tajribasi 25 yilni tashkil etadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ