O’zbekistonda tezyurar poyezdlarga chiptalar narxi oshadi

Oshirilgan narxlar 1 iyuldan kuchga kiradi

O’zbekistonda tezyurar poyezdlarga chiptalar narxi oshadi

O’zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab mahalliy «Nasaf», «Sharq», «O’zbekiston» yo’lovchi poyezdlariga chiptalar tariflari 25%ga oshiriladi. Bu haqda «O’zbekiston temir yo’llari» xabar bermoqda.

Bu yo’lovchi poyezdlarida qo’shimcha xizmatlarni joriy etish, vagonlar parkini yangilash va modernizatsiya qilish, yangi elektr poyezdlarini sotib olish va vokzallarni yangilash uchun amalga oshiriladi.

Masalan, Toshkent-Qarshi №12-marshrutda narxlar quyidagicha o’zgaradi: 

  • ekonom-klass — 150,6 ming so’mdan 178,2 ming so’mgacha;
  • biznes-klass — 218,2 ming so’mdan 262,8 ming so’mgacha.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
/
“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi