O‘zbekistonda qiymati $8 mlnni tashkil etuvchi “NASAF XCP TECHNO” qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Korxona mamlakatda ilk bor tarmoqsimon polietilen ishlab chiqaradi

O‘zbekistonda qiymati $8 mlnni tashkil etuvchi “NASAF XCP TECHNO” qo‘shma korxonasi tashkil etildi

Mamlakatimizda ilk bor tarmoqsimon polietilen xomashyosini ishlab chiqarish loyihasiga oid yakuniy kelishuv imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” AJ xabar bermoqda

Ushbu hujjatlar asosida “NASAF XCP TECHNO” qo‘shma korxonasi tashkil etilib, loyihaga rasman start berildi.

Mazkur korxona Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Xitoyning “Yunnan Xinchengpeng Polymer Technology” kompaniyasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Techno Cable Group” korxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Uning qiymati $8 mlnni tashkil qilmoqda, loyiha bilan import hajmini yiliga $30 mlnga kamaytirib, 65 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga hamda ichki sanoat tarmog‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ilgari mavjud bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarish orqali ichki bozorning yillik 25-30 ming tonnalik ehtiyoji mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplanadi.

Ma’lumot uchun, tarmoqsimon polietilen (PE-X) oddiy polietilenga nisbatan ancha mustahkam, elastik va yuqori haroratga chidamli bo‘lib, suv va gaz quvurlari, isitish tizimlari, elektr izolyasiyasi sohalarida qo‘llaniladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi