Pokiston Milliy banki O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, Pokiston vakili Trans-Afg‘on temiryo‘li loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirishga tayyorligini bildirgan

Pokiston Milliy banki O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtirmoqda

Pokiston bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi Xarun Axtar O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Unga Davlat banki, Milliy banki, SIFC hamda Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi vakillari hamrohlik qildi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Tashrif doirasida Xarun Axtar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari — transport aloqadorligi, bank sohasi, savdo va tijorat masalalari muhokama qilindi.

Radio Pakiston nashri ma’lumotiga ko’ra, Uchrashuvda Pokiston O‘zbekistonda Milliy bankining filialini ochish niyatini bildirdi. Bundan tashqari, Imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish, farmatsevtika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Xarun Axtar, shuningdek, Pokistonning Trans-Afg‘on temiryo‘li loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi. Abdulla Aripov esa Pokiston bilan munosabatlarning ahamiyatini qayd etdi va ikki tomonlama hamkorlikdagi erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

Eslatib o’tamiz, 2020-yilda O‘zbekiston Markaziy banki Bank nazorati qo‘mitasining  qarori bilan Pokiston Milliy bankining Toshkentdagi vakolatxonasi akkreditatsiya sertifikati bekor qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi