Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Termiz va Nukusga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Vnukovo aeroportidan O‘zbekiston shaharlariga reyslar 2026-yil bahorida boshlanadi

Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi Termiz va Nukusga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning loukoster aviakompaniyasi “Pobeda” Moskvadan O‘zbekistonning Termiz va Nukus shaharlariga yangi xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha chipta sotuvini ochdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib, ТАСС xabar berdi.

Termiz yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 2026-yil 28-fevraldan boshlanadi. Aviakompaniya ushbu yo‘nalishda haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Mazkur marshrut bo‘yicha eng arzon chipta narxi 1 mln 456 ming so‘mdan boshlanadi.

Moskva — Nukus yo‘nalishi esa 2026-yil 7-martdan ishga tushiriladi. Parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishdagi chipta narxlari 1 mln 630 ming so‘mdan boshlanadi.

Hozirda “Pobeda” Moskva shahridan O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlari — Toshkent, Samarqand va Farg‘ona yo‘nalishlarida ham muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi