Navoiy viloyatidagi “Pirali” kon uchastkasi 99 mlrd so‘mga sotildi

Taxminiy oltin zaxirasi 2,4 tonna deb baholangan konning yangi egasi “NBK 111” kompaniyasi bo‘ldi

Navoiy viloyatidagi “Pirali” kon uchastkasi 99 mlrd so‘mga sotildi

21-avgust kuni E-auksion platformasida Navoiy viloyatining oltinga boy “Pirali” uchastkasida geologik izlanishlar olib borish huquqi savdoga qo‘yildi.

20-avgust kuni boshlangan auksion 23 soat 29 daqiqa davom etdi va 461 qadamdan so‘ng yakunlandi. Natijada g‘olib “NBK 111” kompaniyasi bo‘ldi. U 99,09 mlrd so‘mlik ($7,9 mln) taklif kiritib, boshlang‘ich narx — 4,12 mlrd so‘mdan (taxminan $330 ming) qariyb 24 barobar yuqori summa taklif etdi.

“Pirali” uchastkasi Navbahor tumanida, Zafarobod shaharchasidan 20,5 km shimoli-g‘arbda va Navoiy shahridan 38,5 km shimolda joylashgan. Maydoni 484 gektar bo‘lib, taxminiy oltin zaxiralari 2,4 tonna deb baholanmoqda.

KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, “NBK 111” kompaniyasi 2024-yil may oyida Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, rangli metall rudalarini qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Korxonaning ustav fondi 1,005 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ustav kapitalining 40%i xitoylik Chjan Syan, qolgan 60%i esa Nurmaxammad Pulatovga tegishli. Pulatov, shuningdek, Jizzaxdagi “Quwwatt Group” (shisha ishlab chiqarish) kompaniyasida 90,7% ulush va BEEK Electro (maishiy texnika ishlab chiqarish) korxonasida 100% ulushga ega.

аuкцион, oltin кони

аuкцион, oltin кони

аuкцион, oltin кони

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi