“Paynet” GoInvest kompaniyasidagi 33,14% ulushni sotib oldi

Kelgusida GoInvest xizmatlarini Paynet ekotizimiga integratsiya qilish rejalashtirilmoqda

“Paynet” GoInvest kompaniyasidagi 33,14% ulushni sotib oldi

“Paynet” AJ o‘zining “FurtherIT” MChJ sho‘ba korxonasi orqali GoInvest kompaniyasi egalaridan biriga aylandi. Bu haqda Paynet matbuot xizmati Kapital.uz’ga malum qildi.

Bitim summasi hozircha ochiqlanmagan, biroq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida keltirilishicha, Paynet kompaniyaning 33,14% ulushini sotib olgan.

Hozirda GoInvest ta’sischilari qatoridan “Kapital-Depozit” MCHJ (29%), Xodjayev Farrux Raximdjanovich (21,15%), Abdukadirov Baxrom Rustamovich (10,03%) hamda O‘rolboyev Jasurbek Karimjonovich (6,69%) o‘rin olgan.

GoInvest MChJ 2024-yil 24-mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 14,23 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kompaniya hu nomdagi raqamli investitsiya platformasiga egalik qiladi va u orqali mahalliy fond birjalarda aksiyalar sotib olish mumkin.

Paynet’ning ma’lum qilishicha, GoInvest’ni sotib olish kompaniyaning raqamli moliyaviy ekotizimini rivojlantirish va investitsiya xizmatlari yo‘nalishini kengaytirish strategiyasining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Bitim yakunlangach, tomonlar kapital bozoriga raqamli kirish imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiya mahsulotlari qatorini ko‘paytirish va masofaviy brokerlik xizmatlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, GoInvest xizmatlarini Paynet ekotizimiga integratsiya qilish ko‘zda tutilgan. Natijada to‘lov, moliyaviy va investitsiya xizmatlarini yagona raqamli muhitda birlashtirish rejalashtirilmoqda.

Bitimning yuridik va maslahat bo‘yicha hamrohligini PricewaterhouseCoopers (PwC) mutaxassislari amalga oshirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi marketpleyslarning xorijga pul o‘tkazishi soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistondagi marketpleyslarning xorijga pul o‘tkazishi soddalashtirilishi mumkin
O‘zbekistonga yarim yilda 2,35 mln dona mobil telefon import qilindi
/
O‘zbekistonga yarim yilda 2,35 mln dona mobil telefon import qilindi
2027-yildan muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
/
2027-yildan muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi